29-oktyabr kuni B2B formatidagi “Tashkent Travel Mart-2024” xalqaro turizm ko‘rgazmasi doirasidagi “TRAVELHUB Uzbekistan” konferensiyasida ishtirok eting!
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, USAIDning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi, USAIDning biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi va “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi ko‘magida O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
1-sessiya: “Noyob turistik mahsulotlarni yaratish”
2-sessiya: “Turizm va mehmondo‘stlik sohasida raqamlashtirish”
Sana: 2024-yil 29-oktyabr
Vaqt: 09:00 - 18:00
Tadbir o‘tkaziladigan joy: “InterContinental Tashkent”
Konferensiya tili: rus/ingliz tili sinxron tarjimonlar bilan
Yetakchi ekspertlar nafaqat biznesning xalqaro maydondagi mavqeyini mustahkamlashi, balki uni boshqarishga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlarni joriy etishni muhokama qiladilar. Konferensiya ishtirokchilari turizm sohasining taniqli yetakchilaridan qimmatli bilim, professional maslahat va ilhom olishlari mumkin bo‘ladi.
Bizning spikerlarimiz:
1-sessiya
Ana Runi (AQSH) – turistik mahsulot dizayneri
Natalya Yanich (Xorvatiya) - yetakchi shartnoma bo‘yicha mutaxassis
Yelena Kalashnikova (Qirg‘iziston) – “Ak-Sai Travel” kompaniyasi asoschisi
Yevgeniy Zalberg (Isroil) - gid va turliderlar murabbiyi
Leonid Marmer (Isroil) – “TAL Aviation Group” biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta direktori
Timur Alimov (O‘zbekiston) – “Minzifa Travel” bosh direktori
2-sessiya
Ozel Oytun Turkoglu va Erol Turk (Turkiya) – “SAN Tourism Software Group”
Xurshed Maxmadov (O‘zbekiston) – “ETS International” mintaqaviy rahbari
Lyudmila Safronkina (O‘zbekiston) - MARTA loyihasi asoschilaridan biri va “MAYASOFT” kompaniyasining marketing va sotuv bo‘limi rahbari
Aleksandr Savelov (Rossiya) – “SAMO-Soft” kompaniyasi vakili
Jahongir Mirmo‘minov (O‘zbekiston) – “Olery” vakili
Ilya Yashin (Rossiya) – “Touch” kompaniyasi asoschisi
Dastur: https://tashkenttravelmart.uz/o-konferentsii/
Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSemBoF_409w6iL8OCzs4pMmreoWam4PfEH4XFs8GhZ7Iz-M9g/viewform
Manba: Tashkenttravelmart.uz
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh