11-avgust kuni Futzal bo‘yicha Jahon chempionati bosh sovrini Farg‘onada muxlislarga taqdim etildi.
Futzal bo‘yicha Jahon Kubogi taqdimoti Farg‘ona shahridagi Al-Farg‘oniy bog‘ida o‘tkazildi va ushbu yorqin tarzda kechgan tadbir ko‘plab sport ihlosmandlarini o‘zida jamladi.
Tadbir davomida tashkil etilgan konkurs va viktorinalarda nafaqat o‘smirlar va bolakaylar, balki ularning onalari, buvilari va boshqa yaqinlari ham ishtirok etib esdalik sovg‘alariga ega chiqishdi.
Trophy Experience tadbirining navbatdagi uchinchi kuni esa Jahon kubogi Namangan shahrida ommaga namoyish etiladi. Bugun, 12-avgust kuni soat 19:00da – Namangan shahri, Afsonalar bog‘ida ko‘rishguncha!
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh