O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 5-8-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining yirik shaharlarida “Road-show” tashkil etiladi.
Tadbirlar kun tartibidan O‘zbekistondagi sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotlari, Rossiya turizm industriyasining asosiy ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini ishlab chiqish, shuningdek, muzokaralar olib borish va shartnomalar imzolash o‘rin olgan.
O‘zbekiston sayyohlik biznesi vakillarini “Road-show”da ishtirok etishga taklif qilamiz.
Batafsil ma’lumot:
• O‘tkazish joyi va vaqti: Vladivostok – 5-avgust, Xabarovsk – 7-avgust va Novosibirsk – 8-avgust;
• Aviachipta, turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari jo‘natuvchi tashkilotlar tomonidan qoplanadi;
• Telefon: +998903450342.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh