Turistik biznes vakillarini Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro forumga taklif etamiz!

17.11.2022 864

29-noyabr kuni Xiva shahrida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan "Chegarasiz turizm" turizmni rivojlantirish Xalqaro forumi o‘tkaziladi. Forumda turizm sohasidagi mahalliy tadbirkorlik subyektlari va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII)ga a'zo davlatlarning yetakchi kompaniyalari ishtirok etishadi. 

Ta'kidlash kerakki, xalqaro forum kun tartibidan "YеOIIda turizm: sayyohlik oqimini jadal tiklash salohiyati, istiqbollari va muammolari", "Barqaror va yashil turizm kun tartibidagi o‘zaro ta’sir", "YeOII mamlakatlari o‘rtasida yo‘lovchi transporti aloqalarini kengaytirish", "Kelajak turizmi: turizm sohasida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik istiqbollari" kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad ichki turizmni sezilarli darajada rivojlantirish boʻyicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish, turizm sohasida ilmiy-texnikaviy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishdir.

Shu bois Turizm va madaniy meros vazirligi barcha turistik biznes vakillarini Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zo davlatlar yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi mazkur yirik forumda qatnashishga taklif etadi. Forumda ishtirok etish haqidagi tasdiqnomani 2022-yil 26-noyabrgacha forum bo‘limini ko‘rsatgan holda marketing@motach.uz elektron manziliga yuborish lozim.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing