Foto va Video

Turizm axborot byurolari

20.04.2023 634

Turizm axborot byurolari – bu mahalliy turistik mahsulotlar, diqqatga sazovor joylar, mintaqaning tarixiy maskanlari, tadbirlar, ekskursion yo‘nalishlar, transport, shoping, ko‘ngilochar tadbirlar va boshqalar haqida ma’lumot taqdim etuvchi servis xizmatlari.

Turizm axborot byurolari butun dunyo bo‘ylab nafaqat poytaxtlar va yirik shaharlarda, balki turizm daromadlari mahalliy iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqalarda ham xizmat ko‘rsatadi.

Turizm axborot byuro faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad – yurtimiz mehmonlarini mamlakat madaniyati, an’analari va urf-odatlari bilan tanishtirish hamda uning turistik yo‘nalish sifatida tanilishini oshirish.

Turizm axborot byurolari, shuningdek, mahalliy jamoatchilik transportiga chipta sotishi yoki turistik materiallarni (xarita, qo‘llanmalar, o‘lkashunoslik va tarixiy adabiyot va boshqalar) sotishi yoki bepul tarqatishi mumkin. Bundan tashqari, Turizm axborot byurolari suvenirlar, mahalliy hunarmandlar, ustalar va rassomlarning mahsulotlari bilan savdo qiladi.

Turistik axborot byurolari odatda lotincha kichik “i” harfi bilan ifodalanadi, ko‘rsatkichlarning boshqa ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin.

Hozirda Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Turkiya, BAA kabi mamlakatlar taqdim etayotgan turistik ma’lumotlar soni va ularning manbalari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Asosan turistik axborot byurolari aeroportlar, vokzallar, tarixiy majmualar, shahar markazlari va savdo markazlarida joylashgan bo‘ladi. Byuroda sayyohlar uchun dunyoning turli tillarida ko‘plab kitob va qo‘llanmalar sotiladi, shu bilan birga, turistik axborot byurosida sayohatga oid masalalar bo‘yicha bepul maslahat olish va individual ekskursion yo‘nalishni tuzish bo‘yicha bepul xizmatlarni qo‘lga kiritish mumkin. Shuningdek mamlakatning madaniy maskanlari, kurortlari, univermaglari, mehmonxonalari va restoranlari tavsifiga ega yo‘riqnomalar taklif etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing