Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Turizm politsiyasi

2592

O‘zbekiston - xavfsiz turizm mamlakatidir. Bu statistika ma’lumotlarida ko‘rsatilmoqda. 2019-yilda O‘zbekiston yakka-turistlar uchun dunyodagi eng xavfsiz beshta davlat qatoridan joy oldi. Ushbu maʼlumotlar Wegoplace onlayn sayohat xizmatining yillik hisobotida keltirilgan.

2019-yil iyun oyida Toshkent shahar IIBBda Turizm xavfsizligi boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 40 dan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Toshkentga parallel ravishda shu yili Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda ham xavfsiz turizm boʻlimlari tashkil etildi.

Turizm politsiyasining vazifasi - betakror mamlakatimizning eng yaxshi tomonlari bilan tanishishni chin dildan istagan xorijlik turistlar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratishdir.

 Tarjimonlar va gidlar yordamisiz turizm politsiyasining xushmuomala xodimlari har doim kerakli obyektni topishga va kerakli yo‘nalishga borishga yordam beradi. Agar kutilmagan vaziyat yuzaga kelsa, ular darhol huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiladilar.

Turizm politsiyasi boshqarmasi ofislari bevosita turizm axborot markazlarida joylashgan. Har kuni turistlar eng ko‘p to‘planadigan joylar - yirik turizm obyektlari, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar turizm politsiyasining tezkor guruhlari tomonidan nazorat qilinadi.

 Bugungi kunda turizm politsiyasi mamlakatning yuzidir. Shuning uchun politsiya xodimlarining tashqi ko‘rinishi alohida o‘rin egallaydi.

Shu tariqa, kuni kecha Toshkent shahridagi Turizm politsiyasi boshqarmasi xodimlari uchun yangi namunadagi maxsus kiyimlarni sinovdan o‘tkazishni boshlagani ma’lum bo‘ldi.

“Maxsus kiyimlarni ishlab chiqishda birinchi navbatda tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, uning qulayligi, zamonaviy dizayni ham e’tibordan chetda qolmadi. Bundan tashqari, boshqa jihatlar ham hisobga olingan: xizmat xodimlari faoliyatining o‘ziga xosligi, iqlimiy xususiyatlari va zamonaviyligi”, - deb qayd etilgan O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabarida.

 Muloyim tabassum, tartibli ko‘rinish va vaziyatga tezkor munosabat bildirish O‘zbekiston turizm politsiyasi faoliyatining asosiy muvaffaqiyat omillari hisoblanadi. Xavfsiz sayohat - bu barqarorlik va mamlakatning ijobiy ko‘rinishining kafolatidir.

Izoh

1

I think the deployment of tourist police is an excellent idea if in practice in performs as originally intended viz enforces the rules and regulations to ensure that all tourists are protected from unfair treatment. My wife and I find Uzbekistan to be a very hospitable country with courteous people, an efficient transport system and beautiful cities which are kept clean and litter-free. We should like to return again soon, but it is a long way from England.

M and S Smith | 16.04.2024

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring