Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK milliy qadriyatlarimizni turistlarga ko‘rsatish maqsadida yoshlar orasida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlov joriy yil 21-oktyabrdan 18-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida turizmni ommalashtirish va uning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni, mamlakatimizning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Tanlov yakunlariga ko‘ra 3 nafar g‘olib aniqlanib, ular esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million), 2-o‘rin uchun 8 000 000 (sakkiz million), 3-o‘rin uchun 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlov ishtirokchisi sifatida Tanlovda individual tarzda ishtirok etish maqsadida ariza topshirgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi faqat bitta ijod namunasi bilan Tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan Nizom orqali tanishishingiz mumkin: NIZOM.pdf
Tanlov bo‘yicha arizalar 2024-yil 21-oktyabrdan 18-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar media materiallarni massmedia@nationalprcentre.com pochtasiga yuborishlari lozim.
Izoh: Tanlovni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Tanlov tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan taqdirda, bu haqda ijtimoiy tarmoqda e’lon qilinadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh