O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida "National Geographic Traveler" yetakchi bosma nashriyoti bilan hamkorlik ishlab chiqildi.
Maqolalarda eng qadimiy shaharlar me’morchiligi, yurtimizning xushmanzara joylari, betakror va unutilmas taomlar haqida so‘z yuritiladi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning turistik salohiyati va jozibadorligini targ‘ib qilishdan iborat.
Ma’lumot uchun:
"National Geographic Traveler" Amerika jurnali Milliy geografiya jamiyati (National Geographic Society) tomonidan 1984-yildan beri nashr etib kelinadi.
"National Geographic Traveler" Buyuk Britaniyadagi sayohatga bag‘ishlangan bosma nashr (jurnal) bo‘lib, asosiy e’tibor sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan mamlakatlarni batafsil tahlil qilish va ekzotik mamlakatlarga tashrif buyurish bo‘yicha maslahatlarga qaratilgan.
Jurnal 20 mamlakatda, 10 xil tilda nashr etiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh