Foto va Video

Turizmni rivojlantirishda hissa qo‘shgan soha fidoyilari taqdirilanishdi

27.12.2023 245

Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud turizm imkoniyatlarini ichki va tashqi bozorda keng targ‘ib etish yo‘lida xizmat ko‘rsatgan mamlakatmiz va bir qator xorij fuqarolarini munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.

Bugun, 27-dekabr kuni Turizm qo‘mitasida ortda qolayotgan yilning soha uchun zalvorli yutuqlarida munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari faol targ‘ibot ishlari uchun taqdirlandilar.

Mukofotlarni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimov va Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev o‘z egalariga topshirdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing