Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashi turizm vazirlarning VI yig‘ilishining ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

22.06.2021 571

Farg‘ona viloyatida shu kunlarda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashi turizm vazirlarning VI yig‘ilishiga jadal tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunga qadar Turizm masalalari bo‘yicha vazirlarning VI yig‘ilishida ishtirok etish uchun Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon davlatlari tegishli vazirlik va idoralari vakillari o‘z ishtiroklarini tasdiqlashdi.

Bundan tashqari yig‘ilishda Pandemiyadan keying turizm sohasini qayta tiklash, “ziyorat turizmi” loyihasini amalga oshirish, va shuningdek Turkiy kengashga a’zo davlarlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro parvozlarni tiklash, yig‘lish qatnashchilari mintaqaning turistik infrotuzilmasi istiqbolli loyihalari, ziyorat turizmi imkoniyatlari, hunarmandchilik va ekoturizm salohiyati bilan tanishadilar.

Ikki kunlik yig‘ilish dasturi o‘z ichiga bir qator tadbirlarni qamrab oladi- hamkorlik kengashi doirasida yig‘ilish va uchrashuvlar va mintaqaning noyob qadamjolariga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik kengashi dasturi doirasida Qo‘qon shahri qadimiy yodgorliklari bo‘ylab ishtirokchilar va OAV vakillari uchun maxsus infoturlar tashkil etiladi: Pir-Siddiq arxitektura kompleksi va Jome masjidi. Bundan tashqari Marg‘ilon va Rishton shaharlariga kichik turlar ham shular jumlasidan. Shuningdek Mehmonlar 2007 yil UNESCO homiyigida ochilgan Marg‘ilon hunarmandchilik markaziga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mehmonlar bu yerda atlas v adras tayyorlashning noyob an’analari va texnologiyalari bilan tashishadilar. Qadimiy shahar Rishtonda Kengash qatnashchilari mashhur kulolchilik markazi ustaxonasi va namoyish markaziga tashrif buyuradilar, dunyoda tan olingan kulolchilik ustalari yaratgan ishlardan rohatlanishlari va qiziqarli master-klasslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Keyingi tashrif Uchquduq tumaniga uyushtiriladi, mehmonlar noyob ekoturistik markaz “Mehrigiyo”ga tashrif buyuradilar – Farg‘ona vodiysining shifobahsh bulog‘i. Bu yerda mehmonlar ekomarkaz plantatsiyasi mevalaridan rohatlanish, lavandaning gulining o‘sishi, papaya plantatsiyasi va boshqa ekzotik o‘simliklardan rohatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kengash dasturi davomida milliy etnografik jamoalar chiqishlari, teatrlashtirilgan chiqishlar va badiiy kechalar, bundan tashqari Farg‘ona viloyati milliy taomlaridan tatib ko‘rish kabi ajoyib ko‘ngilochar tadbirlar ko‘zda tutilgan.



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing