Foto va Video

Turkiya vaziri turk dunyosining poytaxtiga tashrif buyurdi

14.07.2021 539

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoglu 6-9-mart kunlari O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shaharlariga tashrif buyurdi.

Vazir o‘z safarini turkiy dunyo poytaxti-Xiva shahridan boshladi. Tashrif davomida Xivaga Ichan qal’a majmuasida madaniy tadbirlar tashkil etildi. Ochiq osmon ostidagi shahar muzeyida turkiyalik mehmonlar uchun Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bayramona taomlar bilan birgalikda teatrlashtirilgan tomoshasi tashkil etildi. Mehmonlarda me’moriy obidalar, o‘ziga xos madaniy va milliy Xorazm oshxonasining lazzatli taomlari katta taassurot qoldirdi.

Turk delegatsiyasi tashrif buyurgan keyingi manzil Buxoro bo‘ldi. Bu yerda mehmonlar Poyi-Kalon majmuasi, Mir Arab madrasasi, Labi Xovuz kabi obidalar orasida, sharqona ertakga tushib qolgandek edilar. Buxoroda delegatsiya hunarmandchilik markazlariga tashrif buyurib, xalq amaliy san’atining mahalliy ustalari bilan uchrashdi. Ark qal’asida maxsus teatr tomoshalari ham tashkil etildi.
Vazirning yakuniy tashrifi Samarqand shahri bo'ldi. Shaharda Turkiya Respublikasining bosh konsulligi ochildi. Ochilish marosimida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushogli, O'zbekiston bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Samarqand viloyati Hakim Erkinjon Turdimovlar ishtirok etishdi.

Samarqanddagi bosh konsullikning ochilishi O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga qimmatbaho sovg'a bo'ldi. Bunday tadbir Turkiya va O'zbekistonning ko'p asrlik do'stligini mustahkamlaydi, turli sohalarda, jumladan, sayyohlik sohalarida ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda ijobiy ta'sir etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing