Foto va Video

TXTY-2022: Mamlakatda turizmni rivojlantirishda davlatning roli va Markaziy Osiyoni jahon bozorida targʻib qilish restarti forumda muhokama qilinadi

07.10.2022 1037

Forum doirasida “Ipak yo‘lida turizm” (TXTY-2022) Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasidagi 2-yalpi sessiyada (panel sessiyasida) mamlakatda turizmni rivojlantirishda davlatning roli muhokama qilinadi.

Ishtirokchilar orasida taniqli davlat arboblari va turizm tashkilotlari rahbarlari, turizm elchilari va boshqa ko‘plab qatnashuvchilar bor.

2-yalpi sessiyaga (panel sessiyasiga) BBC World Newsning Yevroosiyodagi tijorat xizmati rahbari, Dars Films Studio bosh prodyuseri Sergey Stanovkin moderatorlik qiladi.

Birinchi ma’ruzachi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov so‘zga chiqadi. U turizm va madaniy meros sohasidagi yangi davlat islohotlari, mamlakat turizm bozori prognozlari, respublikada o‘tkazilishi kutilayotgan yirik tadbirlar haqida ma’lumot beradi.

So‘ngra O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi, O‘zbekiston haqidagi ko‘plab maqolalar muallifi, sharq madaniyatining katta ixlosmandi Sofi Ibbotson ishtirok etadi. U o‘z taqdimotida boshqaruv vositalari va turizmni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish haqida so‘z yuritadi.

Shuningdek, Rossiya turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi (ATOR) ijrochi direktori Maya Lomidze ham mazkur sessiyada ma’ruzachi sifatida qatnashadi.

Forumning “Markaziy Osiyoni jahon bozorida targʻib qilish Restarti” nomli 7-yalpi sessiyasida (panel sessiyasida) ham turizm sohasidagi davlat siyosati mavzusiga toʻxtalib oʻtiladi. 

Yalpi sessiya (panel sessiya) Markaziy Osiyo sayyohlik kompaniyalari ishtirokida davra suhbati formatida bo‘lib, unda davlat organlari va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorligi ham muhokama qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish https://titf.uz/registratsiya-kak-gost/ havolasi orqali amalga oshiriladi. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing