Foto va Video

TXTY-2022 doirasidagi Forumda zamonaviy media-kontent va uning turli mamlakatlarda turizmni rivojlantirishdagi roli bilan tanishing

04.10.2022 950

Yosh avlod nigohi bilan odamlarni musiqa, O‘zbekistonning o‘rganilmagan joylari va qiziqarli sayohat shoulari, shuningdek, turizm sanoati yordamida sayohatga qay tarzda ilhomlantirish mumkin – bu haqda “Ipak yo‘lida turizm” (TITF-2022) Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi doirasidagi Forumning “Media loyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi” nomli birinchi sessiyasida media sanoatining tajribali mutaxassislari ma’lumot beradilar.


Yangi texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, turli media-kontentlar bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Va sayohat qilish maqsadida qiziqarli manzillarni izlash uchun biz tez-tez Global tarmoqning turli ijtimoiy sahifalariga murojaat qilamiz. Zamonaviy mahalliy media-sanoat bizga O‘zbekistonning turli hududlariga unutilmas sayohatlar qilishga undash uchun nimalarni taklif qilmoqda?

Sessiyaning birinchi ma’ruzachisi - taniqli jurnalist, bloger va “Эффект Макаренко” Telegram kanalining muallifi, musiqachi va “ЭЛЕКТРООКО” guruhining frontmeni Nikita Makarenko o‘z taqdimotida odamlarni musiqa va noyob videokontent yordamida sayohatga qanday ilhomlantirish mumkinligini aytib beradi.

2020-yil oxirida Toshkentning “ЭЛЕКТРООКО” rok guruhi O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab keng ko‘lamli mediatur uyushtirdi, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Nukus va Toshkentning turli diqqatga sazovor joylari fonida kliplar suratga oldi. Guruh harakatini “ЭЛЕКТРООКО” sayohat davomida o‘zining You Tube akkauntida namoyish qilib borgan realiti-shou formatidagi qiziqarli vloglar yordamida kuzatish mumkin edi.

Sessiyaning navbatdagi ma’ruzachisi “Premium STUFF” prodyuserlik markazi asoschisi Vadim Ivankov “UZBEKISTAN VIBE”– Turizm sanoati yosh avlod nigohida” noyob loyihasini taqdim etadi.

Yumor va vaynlar, dinamika va akrobatika yangi “Bu Uzbekistan VIBE” loyihasining asosiga aylanadi, unda iqtidorli boshlovchilar: blogerlar Timur Alixonov va LITTOS taxallusi bilan Global tarmoqda keng tanilgan Asal Sapparbayeva O‘zbekistonimizni yangicha rakursda taqdim etadi.

Uchinchi ma’ruzachi, “Venkon Communications” PR agentligi, shuningdek, “Локации uzb” sayyohlik loyihasi asoschisi va rahbari Abror Ismoilov “Локации Узбекистана” mamlakatning o‘rganilmagan go‘shalarini targ‘ib qilish uchun o‘ziga xos platformaga aylanishi haqida ma’lumot beradi hamda YouTube da yangi sayohat shousini taqdim etadi.

Shuningdek, ma’ruzachilar orasida “Bright Uzbekistan” media guruhi rahbari Davron Abdullayev guruh faoliyati va yangi media-loyihalar haqida so‘zlab beradi hamda xalqaro turizm sohasidagi ekspert Asel Smolyar ham raqamli medialar turizm mahsulotlarini muvaffaqiyatli va jozibador qilishi, turizmni rivojlantirishga izchil ta’sir ko‘rsatishi va mamlakatning turizm salohiyatini ochib berishi haqida so‘zlaydi.

Biz barcha tafsilotlarni oshkor qilmaymiz, eng qiziqarlilarini seksiyada topasiz.

Roʻyxatdan oʻtish https://titf.uz/registratsiya-kak-gost/ havolasi orqali amalga oshiriladi. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing