2022-yilning 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zexpomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” 2022 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Yarmarkaning biznes dasturi ishtirokchilari uchun Forum bo‘lib o‘tadi, unda quyidagi panel seksiyalari tashkil etiladi:
1-seksiya: Media-loyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi – 30-noyabr (12:00 – 13:00);
2-seksiya: Mamlakat turizmini rivojlantirishda davlatning o‘rni – 30-noyabr (14:30 - 16:00);
3-seksiya: Gastronomiya - mamlakatning alohida identifikatori sifatida – 30-noyabr (16:00 - 17:30);
4-seksiya: O‘zbekistonda turizmning rivojlanayotgan turlari – 1-dekabr (10:30 - 11:45);
5-seksiya: Turizmda xalqaro raqobat va brending – 1-dekabr (11:45 - 13:00);
6-seksiya: Xizmat ko‘rsatish sohasidagi muvaffaqiyatsizliklar, qanday qilib ularni oldini olish mumkin, xodimlarning yetishmasligi bilan qanday kurashish kerak – 2- dekabr (10:30 - 11:30).
Xohlovchilar bir yoki bir nechta panel bo‘limlarida ishtirok etishlari mumkin, u yerda ular nafaqat O‘zbekistondagi, balki dunyo miqyosida turizm sohasiga oid eng qiziqarli va dolzarb mavzular bilan interaktiv tarzda tanishish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Forumda ishtirok etish uchun https://titf.uz/registratsiya-kak-gost/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Forum “Ipak yo‘lida turizm” sayyohlik yarmarkasi doirasida eksport kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun asosiy platforma maqomga ega bo‘lgan.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan SAYS ko‘rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh