Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

TXTY-2022: Xalqaro ekspertlar turizmning yangi tendentsiyalari haqida so‘zlab beradilar

23.08.2022 887

“Ipak yo‘lida turizm” 2022 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida yirik forum bo‘lib o‘tadi, unda yetakchi ma’ruzachilar ishtirokida bir nechta seksiyalar taqdim etiladi.


Forumda “Xalqaro raqobat va brending”; “Madaniy meros va san’at”; “Ziyorat turizmi” va boshqalar kabi seksiyalar tashkil qilinadi. Seksiyalar davomida O‘zbekiston turizm sanoatining istiqbolli yo‘nalishlari taqdim etiladi.

Forumda xorijiy mamlakatlardan kelgan taniqli ma’ruzachilar so’zga chiqadilar, xususan: Stanovkin Sergey Serafimovich – DARS Consulting bosh direktori, "BBC Global Newsning" Yevroosiyodagi tijorat vakolatxonasi rahbari, Sofi Ibbotson – “O‘zbekiston” turizm brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi va boshqalar. Shuningdek, forum doirasida nafaqat mahalliy, balki xorijiy mashhur blogerlar, inflyuenserlar va jurnalistlarning ham chiqishlari kutilmoqda.

Ko‘rgazma va yarmarkalar turizmni rivojlantirishning o‘ziga xos ko‘zgusi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday xalqaro tadbir va forumlarning o‘tkazilishi O‘zbekiston turizm sanoatini xalqaro darajaga olib chiqishda o‘tish bosqichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing