Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Ummon Sultonligi turistik kompaniya vakillari va blogerlari O‘zbekiston sayyohlik salohiyati bilan tanishdilar

22.10.2024 848

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 15-22-oktabr kunlari Ummon davlatining bir guruh turoperatorlari va blogerlarining mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi.

Xorijiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi davomida Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va turistik manzillariga tashrif buyurishdi.

Tashrifining dastlabki kunida xorijiy delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdilar. Mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilib, viloyatning turistik salohiyati bilan tanishdilar. Tashrif doirasida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi va Ummon Sultonligi turizm sohasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda, shuningdek, Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan 12 ta turfirma vakillari ham ishtirok etdilar. Tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ikki tomonlama turizm oqimini oshirish masalalarini muhokama qildilar, B2B uchrashuvlari ham tashkil etildi.

Shuningdek, xorijiy delegatsiya vakillari mamlakatimizga tashrifi davomida Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida chang‘i va snoubordda uchish uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, dam olish maskani infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Ummon Sultonligi delegatsiya a’zolarining ko‘hna va navqiron Buxoro shahriga ham tashrifi tashkil etildi. Tashrifining dastlabki kunida mehmonlar Buxoroning tarixiy markazidagi turizm namoyish obektlari bo‘lmish Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rgoni, Chor Minor madrasasi hamda qator tarixiy qadamjolariga tashrif buyurishdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing