Foto va Video

Usmanov Kombat Sistem sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

1974

2021-yilning 28-30-oktabr kunlari sportning Usmanov Kombat Sistem turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda kattalar, yoshlar, o‘smirlar va yosh bolalar o‘rtasida birinchilik uchun qizg‘in musobaqa bo‘lishi kutilmoqda.

5 ta yo‘nalish bo‘yicha: Nakdaun (A) yo‘nalishi, Ful kontakt (A), Kombat kurash yo‘nalishi, Jamoaviy ko‘rgazmali chiqishlar yo‘nalishi va Yakkaxon ko‘rgazmali chiqishlar yo‘nalishlari bo‘yicha sportchilar kurash olib boradilar.

Usmanov Kombat Sistems sport turi o‘z ichiga 11 ta musobaqa yo‘nalishi mavjud bo‘lib, bular: Kurgazmali chiqish, Layt konkakt, Ful kontakt A, Ful kontakt B, Nokdaun A, Nokdaun B, Kombat kurash, Pichoq jangi, Chambara kalta qilich, Chambara uzun qilich, Muayboran. O‘zbekiston Respublikasida ushbu sport turi 2020-yil 17-sentabrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring