Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Uxum turizm qishlog‘ida “Sumalak sayli” festivali o‘tkazildi

10.04.2026 19

Jizzax viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Forish tumani Uxum turizm qishlog‘ida “Sumalak sayli” festivali o‘tkazildi.

Festivalda mahalliy va xorijiy sayyohlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari, xalq amaliy san’ati namunalari, an’anaviy so‘zana va kashtachilik ishlari taqdim etildi. “Bog‘don gullari” xalq folklor-etnografik jamoasining chiqishlari hamda o‘tkazilgan madaniy va ko‘ngilochar dasturlar ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Ayniqsa, milliy an’analar, urf-odatlar va qadimiy taomlar namoyishi orqali mehmonlar o‘zbek xalqining boy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir doirasida hududning sayyohlik imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida yirik turoperator va turagentlar ishtirokida info-tur tashkil etildi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar