Joriy yilning 26-28-may kunlari, Yoshlar ijod saroyida ilk bor “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma davomida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari xalqaro kompaniyalar bilan B2B formatidagi uchrashuvlarda ishtirok etib, ularning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlari hamda zargarlik sanoatiga oid zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan tanishishlari mumkin.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar yetakchi xalqaro kompaniyalardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
“Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladigan “Charming East” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi. O‘z mahoratingizni xalqaro maydonda ko‘z-ko‘z qilish hamda zargarlar orasidagi reytingingizni oshirish uchun qulay fursat. Arizalar 30 aprelga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Jewellery Awards-2023” tanlovida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilar aniqlanadi:
- Oltindan yasalgan eng yaxshi taqinchoq;
- Kumushdan yasalgan eng yaxshi taqinchoq;
- Toshdan yasalgan eng yaxshi taqinchoq (qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar);
- Tarixiy merosni aks ettiruvchi eng yaxshi ish;
- Zargarlik buyumlarining eng yaxshi eskiz loyihasi (har qanday texnikada);
- Zamonaviy uskunalar va texnologiyalar;
- Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasidagi innovatsiyalar;
- Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun materiallardagi innovatsiyalar;
- Tomoshabinlar tanlovi mukofoti.
Tanlov g‘oliblari professional hakamlar hay’ati tomonidan tanlanadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh