2020 yil 20 noyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Uzbekistan Travel” sayohat jurnalining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi "Milliy PR-markazi" DUK tomonidan “Meros” xayriya ijtimoiy jamg‘armasi homiyligida tashkil etildi.
Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati, vazirliklar va idoralar, xorijiy diplomatik korpuslar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek taniqli bloger va inflyuyenserlar ishtirok etishdi.
Xalqaro miqyosdagi "Uzbekistan Travel" sayyohlik nashri mamlakatimizning noyob sayyohlik imkoniyatlari, yangi yo‘llar va yo‘nalishlar, zamonaviy va etnik joylashtirish vositalari, O‘zbekistondagi to‘laqonli va xavfsiz dam olishning turli xil variantlariga butunlay yangicha qarashdir.
Tantanali tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochdi.
"Uzbekistan Travel" bu butun mamlakat va xorijiy mamlakatlarda tan olingan, ko‘p yillar davomida mamlakatimiz haqida ijobiy imij yaratib kelayotgan O‘zbekistonning taniqli sayyohlik brendidir. Ushbu brend ilk bora 2013 yilda ishlab chiqilgan edi. Shu vaqt davomida mazkur brend ostida bir-biridan ajoyib loyihalar amalga oshirildi, rasmiy sayohat portali, ijtimoiy xizmatlar yaratildi, ko‘plab festivallar va biznes tadbirlar o‘tkazildi. Ko‘p yillar davomida “Uzbekistan Travel” brendi ostida mamlakatimizning yirik xalqaro ko‘rgazmalari, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi boshqa tadbirlarda yagona stend bilan ishtirok etib kelmoqda. Bugun sizning diqqatingizga butunlay yangi loyiha - “Uzbekistan Travel” serjilo jurnalini havola qilinadi.
Noyob nashr Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” jamoasi tomonidan ishlab chiqildi.
“Meros” ijtimoiyxayriyajamg’armasi–“Uzbekistan Travel”jurnaliningbirinchinashrihomiysivasherigibo’ldi.
Tadbirda Meros jamg'armasi vakillari ta'kidlaganidek, bu yil sayyohlik biznesi qiyin ahvolga tushib qoldi, shuning uchun ushbu vaziyatda mamlakatimiz sayyohlik brendini rivojlantirishga qaratilgan bunday loyihalarni qo'llab-quvvatlash juda muhimdir.
Hozirgi epidemiologik vaziyat va pandemiyaning butun dunyo bo‘ylab sayyohlik sanoatiga salbiy taʼsiri tufayli xavfsiz turizmni rivojlantirish masalasi juda dolzarb bo‘lib turibdi. Shuning uchun ham “Uzbekistan Travel” ning ilk soni mana shu mavzuga bag‘ishlangan.
Pandemiya sharoitida mamlakatimizda xavfsiz turizmni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston hukumati tomonidan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED" loyihasi ishga tushirildi. Loyiha sayyohlarning sanitariya-epidemiologik xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha jahon standartlari asosidagi chora-tadbirlar kompleksini nazarda tutadi. O‘zbekistondagi xavfsiz turizm loyihasining konsepsiyasi ham ushbu tadbirda namoyish etildi va jurnal sahifalarida batafsil bayon qilindi.
Shuningdek, sayyohlarni jalb etish va dunyo hamjamiyatini O‘zbekistonning xavfsiz turizm borasidagi imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida tadbirda mazkur loyihaning imkoniyatlarini ochib beruvchi maxsus rolik ham namoyish etildi.
Bundan tashqari, "Uzbekistan Travel" jurnali sahifalarida O‘zbekistonda sayohat qilishning yangi qoidalari bilan tanishishingiz, noyob sayyohlik va madaniy yo‘llar haqida maʼlumot olishingiz, mamlakat bo‘ylab kichik gastronomik sayohat qilishingiz va ko‘plab foydali maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Jurnalning qiziqarli va sermazmun tarkibi nafaqat estetik zavq olishga, balki O‘zbekistonga yangicha qarashga imkon beradi.
Qo‘shimcha reallik texnologiyalari "Uzbekistan Travel" jurnalining yana bir yutug‘iga aylandi. O‘quvchilar jurnal sahifalaridagi maxsus QR-kod orqali O‘zbekistonning sayyohlik go‘zalligi haqidagi noyob videokontentlarni ko‘rishi, qadimiy o‘zbek taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslaridan bahramand bo‘lishi va noyob, diqqatga sazovor sayyohlik joylariga onlayn sayohat qilishi mumkin.
Ichki turizmni rivojlantirish va mamlakatimiz bolalari va yoshlarida sayohat madaniyatini tarbiyalash maqsadida ushbu tadbirda, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va "Milliy PR-markazi" DUK tomonidan “Meros” ijtimoiy xayriya jamg‘armasi homiyligida ishga tushirilgan loyiha - mamlakatimizning asosiy diqqatga sazovor joylari ko‘rsatilgan O‘zbekistonning bolalar sayyohlik xaritasi va "Uzbekistan travel" turizm portalida yosh sayohatchilar uchun ishlab chiqilgan yangi bo‘lim ham namoyish etildi.
Taqdimot yakunida mehmonlar O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylarida noyob virtual sayr qilish, o‘zbek milliy oshxonasining durdonalaridan bahramand bo‘lish va chinakam o‘zbekona mehmondo‘stlik muhitiga sho‘ng‘ish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh
Jurnalning keyingi sonlari ham bormi?