Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Vengriyaning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi

14.11.2024 239

Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizga Yevropa davlatlaridan, xususan, Vengriyadan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda Vengriya jamoatchiligini mamlakatimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ushbu davlatning dunyo bo‘ylab mashhur hamda keng qamrovli auditoriyaga ega sayohat blogeri va jurnalistlardan iborat delegatsiya vakillarining yurtimizga tashrifi tashkil etildi.

Delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi davomida, Vengriyaning OAV vakillari Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Xususan, ular o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va umuman turizm sohasida amalga oshirilayotgan eng so‘nggi islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar.

Ushbu tashrif Vengriyadan keladigan sayyohlar oqimini yanada oshirish va O‘zbekistonning turizm brendini jahon bozorida mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar