Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

The Washington Post O‘zbekistonni turistlar uchun qulay manzil sifatida tavsiya etmoqda

09.02.2026 150

Nufuzli xalqaro nashr The Washington Post o‘z maqolasida O‘zbekistonni 2026-yilning istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi.

Nashrning ta’kidlashicha, mamlakat o‘zining boy tarixi, betakror madaniyati va xotirjam muhiti bilan mehmonlarni o‘ziga jalb etmoqda, bu esa sayohatchilarning yangi taassurotlar olishiga imkon yaratadi.

The Washington Post nashri qayd etilishicha, O‘zbekiston xilma-xil sayohat yo‘nalishlari, qadimiy shaharlar va yodgorliklar, shuningdek, go‘zal tabiat manzaralarini taklif etib, o‘ziga xos sayohat tajribasini yaratmoqda. Mamlakat tez sur’atda rivojlanayotgan sayyohlik infratuzilmasi va soddalashtirilgan viza tartibi bilan Buyuk Ipak yo‘lidagi asosiy manzillardan biri sifatida ajralib turmoqda.

Nufuzli ommaviy axborot vositasidagi ushbu nashr O‘zbekistonning jahon sayyohlik xaritasidagi mavqei tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, mamlakatning butun dunyodan kelgan sayyohlar uchun zamonaviy, mehmondo‘st va qiziqarli manzilga aylanib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar