Welcome to Bustanlik: taomlar lazzatidan bahramand bo'lish imkoni

05.08.2022 1282

2022-yil 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shuningdek, festivalda “Milliy PR-markazi” DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari ko‘magida, “Amirsoy” dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.

Mazkur festivalda 6000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan 1000 dan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida yetakchi oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar bor.

Festival doirasida tanlovlar, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari va h.k. kutilmoqda.

Ushbu tashabbus Toshkent viloyatida gastronomik va turizmning boshqa turlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek:

- mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni, o‘zaro ishonch, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash;

- tinchlik va xavfsizlikni saqlash;

- tabiiy obyektlarni asrab-avaylash va saqlash;

– O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish.

Tadbirga kirish bepul.

Tadbirda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Tadbirga tashrif buyuruvchilarni 10 avgustgacha ro‘yxatga olinadi.

Manzil: Amirsoy Resort avtomobil to‘xtash maydonchasi

Vaqti: 11-avgust, 10:00 dan 22:00.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing