Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Bugun 9-iyun kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” xalqaro anjumani doirasida yalpi majlisning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng xalqaro konferensiya uchta sessiya bo‘yicha (o‘zbek, turk, ingliz va rus tillarida) o‘z faoliyatini boshladi.
Sessiyalar “Qo‘qon xonligining tarixi, davlatchiligi va geosiyosiy ahamiyati”, “Qo‘qon xonligida ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi”, “O‘rta Osiyoda milliy uyg‘onish harakatlari” mavzularida olib borilib, tashrif buyurgan xalqaro ilmiy anjuman mehmonlariga Qo‘qon xonligining tashkil topishi, uning rivojlanish tarixi, ilm-fan, madaniyat, adabiyot, ta’lim tarbiya va yaqin tarixdan ma’lum bo‘lgan Turkiston muxtoriyati, ozodlik kurashida Farg‘ona vodiysi va milliy ozodlik qahramonlari xususida so‘z yuritildi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh