“Xalqaro avtomobilsiz kun” tanlovida ishtirok eting

22.09.2021 750

Turizm va sport vazirligi “22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan tanlov e’lon qiladi! Tanlovda ommaviy axborot vositalari, bloggerlar hamda barcha fuqarolar qatnashishi mumkin.

“Avtomobilsiz kun” aksiyasida ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlarda (Instgram, Facebook, Twitter, Tik-Tok, Telegram) quyidagi xeshteglar yordamida e’lon qilingan eng mashhur post egalari velosiped va boshqa sport anjomlarini qo‘lga kiritadilar:

#carfreeday_uzbekistan

#shaxsiynamunakursat

#avtomobilsizbirkun

“Avtomobilsiz kun” aksiyasini eng faol targ‘ib qilgan 5 ta OAV vakillari va bloggerlarga velosipedlar topshiriladi.

G‘oliblarga mukofotlarni 27-sentyabr – “Butunjahon turizm kuni”da tantanali ravishda Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov topshiradi.

“Avtomobilsiz kuns” aksiyasidan maqsad mamlakatimiz aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yo‘l harakati xavfsizligini yanada yaxshilashdan iborat. Shuning uchun hammani yuqoridagi hashtaglar yordamida tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing