Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi

25.08.2025 113

Prezidentimizning joriy yil 21-avgustdagi “Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan, birinchi Buxoro biyennalesi doirasida 14 ta madaniy meros obyekti ko‘rgazma va tadbirlar, ta’lim va tadqiqot, ijod va ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab oluvchi ijodiy markazga aylantiriladi.

Mamlakatimiz tarixida ilk bor ushbu san’at forumi doirasida Markaziy Osiyo va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan mahalliy ustalar va rassomlar bilan hamkorlikda yaratilgan 70 dan ortiq zamonaviy loyiha namoyish etiladi.

Xususan, taniqli ijodkor-ustalar tomonidan 60 dan ortiq san’at obyektlari, jumladan, installyatsiyalar yaratilishi, ulardan biyennale o‘tkaziladigan joylarni badiiy bezashda foydalanilishi, eng sara namunalarning jahon bo‘ylab ko‘rgazmalarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Buxoro biyennalesi haqida hujjatli film yaratlib, u orqali mamlakatimizning sayyohlik salohiyati keng miqyosda targ‘ib etiladi.

Har bir tomoshabin tadbirlar turkumida ishtirok etish jarayonida O‘zbekistonning boy madaniy merosi, qadriyatlari va qadimiy shaharlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar oladi. Shubhasiz, bu sayyohlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Shuningdek, oʻqing