Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Xitoy OAVda O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotgani haqida

09.01.2025 136

Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan, "People’s Daily" va "Beijing Youth Daily" gazetalari, shuningdek, eng yirik va eng nufuzli davlat axborot agentligi "Sinxua" bo‘linmasi O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qildi. Xususan, Pekinda "Xitoyda O‘zbekiston turizm yili"ning ochilish marosimi hamda Xitoy-O‘zbekiston turizm sarmoya forumi o‘tkazilganligi haqida xabar berildi.

Xitoy nashrlarining xabar berishicha, Ctrip kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi holatiga kelib, ushbu kompaniya platformasi orqali O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 188 foizga oshgan. Sayyohlar asosan Xitoyning Pekin, Shanxay, Chjetszyan, Guandun va Szyansu kabi iqtisodiy rivojlangan hududlaridan tashrif buyurgan. Asosiy sayohatchi guruhlarining xususiyatlari O‘zbekistonning to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarning 80% dan ortig‘i Platinum va undan yuqori toifadagi platforma a’zolari bo‘lib, 65% dan ortig‘i yuqori toifali mehmonxonalarda qolishni afzal ko‘rishgan.

Maqolalarda shuningdek, 1-dekabr kuni O‘zbekiston va Xitoy ikki davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risida bitim imzolagani ta’kidlangan. Bu qadam ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, sayyohlik almashinuvlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi hamda ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing