Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

25.09.2025 44

Turizm qo‘mitasi boshchiligida Xorazm viloyati tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari turizm, sanoat, kunu-tun faoliyat yurituvchi ko‘chalar va madaniy loyihalar bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganish maqsadida Xitoyning Xebey provinsiyasiga amaliy tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Xebey provinsiyasida turizm, sanoat klasterlari, agro-turizm yo‘nalishlari, shuningdek, 24 soat faoliyat yurituvchi ko‘chalar va madaniy loyihalar bilan yaqindan tanishildi.

Safar davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or tajribalarni mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xebey provinsiyasi Xitoyning yirik sanoat, turizm, transport va ilmiy markazi hisoblanadi. Bu yerda o‘rganilgan ilg‘or tajribalar yurtimizda turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, oʻqing