Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Xitoyda mamlakatimiz turizm salohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha memorandum imzolandi

02.05.2023 845

Joriy yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” Davlat unitar korxonasi va “Sichuan Yunletu Travel Agency Co., Ltd.” o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini Xitoy Xalq Respublikasining OAV da va internet-resurslari, TikTok ilovasidagi sahifasida targ‘ib qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni rivojlantirish, jumladan, turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda va 2023-yilda TikTok platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi turizmini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Taraflar birgalikda Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyati va investitsiya imkoniyatlarini ilgari surish hamda o‘zaro O‘zbekiston Respublikasining imiji, sayyohlik va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishi maqsadida reklama mahsulotlari va strategik rejalari bo‘yicha fikrlar almashish va yangicha yo‘nalishlarda takliflar ishlab chiqadilar.Ma’lumot uchun:

Xitoy Xalq Respublikasida “TikTok” mobil ilovasi “Dou Yin” deya yuritiladi va uning ishlash xususiyatlari bir muncha o‘zgacha bo‘lib, faqatgina Xitoy Xalq Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu ilova orqali 500 milliondan oshiq Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari va unga qo‘shni mamlakat aholisi foydalanib kelmoqda.



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing