Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Xitoyning CCTV-4 telekanali ijodiy guruhi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

08.04.2025 412

O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixiy merosi va tabiiy go‘zalligini jahon auditoriyasiga tanishtirish maqsadida joriy yilning 30-martidan 4-apreliga qadar Xitoyning mashhur CCTV-4 telekanalining ijodiy guruhi O‘zbekistonga tashrifi bo'lib o'tdi. Ushbu tashrif Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Ijodiy guruhning dastlabki yo‘nalishi Toshkent shahri bo‘lib, mehmonlar bu yerda O‘zbekiston madaniy hayotining muhim jihatlarini o‘z ichiga olgan ko‘rsatuvlar tayyorladilar. Asosiy e’tibor milliy madaniy meros, oila an’analari, hunarmandchilik va mahalliy hayot tarziga qaratildi. Delegatsiya a’zolari Xast Imom majmuasi, Ko‘kaldosh madrasasi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qilib, ularning tarixiy va diniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, mehmonlar Toshkentdagi Amaliy san’at muzeyida bo‘lishib, bu yerda o‘zbek xalq hunarmandchiligi — xususan, “hon atlas” matosi tayyorlanishi, milliy liboslar va bezak buyumlari yaratilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. 

Tashrif davomida tayyorlangan ko‘rsatuvlar orqali O‘zbekistonning betakror tabiati, boy madaniy merosi va xalqimizning samimiyligi CCTV-4 telekanali orqali millionlab tomoshabinlarga namoyish etiladi. Shubhasiz, bu tashrif nafaqat turizm sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda ham muhim qadam bo‘ldi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar