Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasida taqdim etilmoqda

26.06.2024 312

Shu kunlarda Xitoy xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” nomi ostida O‘zbekiston stendi ham taqdim qilinmoqda. 

Unda Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini keng auditoriyaga ochib beruvchi taqdimot namoyish etilayapti. 

Taqdimotda Xitoy sayyohlik bozorini jalb etishda ahamiyatli bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarimiz, gastroturizm, tibbiy turizm, agroturizim, ekstremal tog‘ turizmi, shuningdek, tarixiy qadamjolarlarimiz va safari turizm imkoniyatlari ham keng targ‘ib etilmoqda. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Xitoydan mamlakatimizga kirib kelayotgan sayyohlar soni karrasiga oshib bormoqda. Bu borada mamlakatmizning tarixiy shaharlaridan Xitoyning bir qator provensiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarining amalga oshirilayotgani muhim o‘rin tutmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing