Xo‘ja Mavlonoiy Zohid maqbarasi

2151

Surxondaryo viloyati Vaxshivor qishlog‘ida sharq mutaffakkiri va davlat arbobi, Xo‘ja Mavlonoiy Zohidning maqbarasi joylashgan.

Mavlonoiy Zohid, XVII - asrning ikkinchi yarmi va XVIII - asrning birinchi yarmida Surxondaryo viloyati hududidagi, hozirgi Oltinsoy tumanining kichik bir Vaxshivor qishlog‘ida yashab, ilmiy faoliyat olib bordi. Buyuk shayx va olimning nasli, Mirzo Ulug‘bekning zamondoshi, taniqli mudarris va olim Xo‘ja Muhammad Balxiydan boshlanadi.

Mirzo Ulug‘bek davrida Xo‘ja Muhammad Balxiy Samarqanddagi madrasalardan birida xizmat qilgan va falsafa va adabiyot sohasida olim bo‘lgan. Ulug‘bek, o‘z o‘g‘li Abdullatif tomonidan o‘ldirilganidan keyin, muhtaram mudarris, yangi ta‘qiblardan qo‘rqib, boshqa olimlar singari Samarqandni tark etgan. U, oilasi va yaqin qarindoshlari bilan chiroyli tog‘lar yonbag‘rida joylashgan Vaxshivar qishlog‘ida qo‘nim topgan. Uning o‘g‘li Xoja Muhammad Ibrohim, Xoja Muhammad Ibrohimning o‘g‘li esa, Xoja Mavlonoiy Zohid bo‘lgan edi.

Xo‘ja Mavlanoiy Zohidning hayoti va ijodi to‘g‘risida kam ma’lumotlar saqlanib qolgan, ammo u chuqur bilimli, keng dunyoqarash va tafakkur sohibi bo‘lganligi ma’lum. Bundan tashqari, Xoja Mavlonoiy Zohid bashorat qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lgan ekan. Aytishlaricha, u 1710 yilda yovvoyi dashtga ko‘chib o‘tgan so‘fi Olloyorning tashrifini oldindan ko‘rgan va Xo‘ja Mavlonoiy To‘xtamish qishlog‘iga etib kelib, u bilan uchrashgan. Xoja Mavlanoiy Zohid, ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan, ammo ulardan faqat bittasi – “Tajvizi turki” asarigina bizgacha yetib kelgan. Ushbu asarda Qur’oni Karimni o‘qish qoidalari, uni turkiy tilda o‘qish, talaffuz qilish va imlosi usullari aks etgan. Arab alifbosidagi 29 ta harf uchun talaffuz qoidalari ham shu yerda ko‘rsatilgan.



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring