"Yangi O‘zbekiston" istirohat bog‘i 2021-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ochilgan bo‘lib, Toshkent shahri chekkasida 104 gektar maydonda joylashgan. Bog‘da 235 turdagi o‘n mingdan ortiq daraxt va butalar ekilgan.

Bog‘ning markaziy bo‘g‘ini Mustaqillik stellasi - balandligi 60 metr bo‘lgan mahobatli yodgorlikdir. Yodgorlik tinchlik, farovonlik va erkinlik ramzi bo‘lgan uslublashtirilgan baxt qushi Humo bilan yakunlangan.

Monumentning perimetri bo‘ylab O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini o‘z ichiga olgan eng muhim tarixiy voqealar va turli tarixiy davrlarda yashab o‘tgan atoqli olimlar, shoirlar, ixtirochilar, davlat arboblarining barelyeflari aks ettirilgan. Stela ortida 5000 kishiga mo‘ljallangan amfiteatr joylashgan. Bu yerda davlat bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, Yangi yil tomoshalari o‘tkaziladi. Mamlakatning bosh archasi ham shu yerda joylashgan.

Bog‘da sun’iy ko‘llar, bolalar maydonchalari, kafe va restoranlar, shiyponlar mavjud. Bog‘ shaharliklar va sayyohlarning sevimli joyiga aylandi. Yaxshi ekologiya tufayli bu yerda piknik qilish va bog‘ning go‘zal manzaralari hamda uning butun hududiga joylashtirilgan ajoyib haykallardan zavqlanish mumkin. Bog‘ yo‘laklarida elektromobillar, velosipedlar va elektrosamokatlarda yurish imkoniyati mavjud.

Manzil: Yangi O‘zbekiston ko‘chasi
Veb-sayt: instagram.com/yangiozbekistonbogi/
Ish vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha
Izoh