Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yilning noyabr oyida mamlakatimiz bo‘ylab tabiiy boyliklarni asrab-avaylash va ekologik rang-baranglikni ta’minlashga qaratilgan “Yashil Makon” umummilliy loyihasi ishga tushirildi.
“Milliy PR-markazi” DUK xodimlari ham “Yashil makon” umumxalq harakati safiga qo‘shildi. Aksiya doirasida 50 ko'chatlar Olmazor tumani, Oltinsoy mahallasi Soyboyi ko‘chasiga ekildi. Aslida daraxt ekish - bu juda katta savob, yillar o'tib, biz ekkan daraxtlardan mevasini yegan, soyasidan bahramand bo'lgan bizdan keyingi avlodlar xaqqimizga duo qiladilar.
Bu harakatga siz ham qo‘shiling, chunki har bir ekilgan daraxt gullab-yashnayotgan shahrimizga yangi hayot baxsh etadi!
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh