“Yoshlar turizmi oyligi” munosabat bilan o‘quvchi, talaba va yoshlar ushbu oylik doirasida joylashtirish vositalari hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalari tomonidan e’lon qilingan chegirmalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, ushbu oylik doirasida yoshlarning madaniy meros obyektlari va muzeylarga tashrifi davomida mahorat darslari, tariximizni jonli ko‘rsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, oylik davomida yoshlar uchun hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari hamda kitobxonlik kunlari o‘tkaziladi.
Oylik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz.
Yoshlar turizm oyligida faol ishtirok eting - O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh