Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.

Joriy yil 12-16 noyabr kunlari O‘zbekistonda Yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiya 2022 yilda yong‘in-qutqaruv sporti (yong‘in o‘chirish amaliy sporti) bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII hamda ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionatlari O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan.
Mazkur nufuzli konferensiyada 28ta davlat ya’ni Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, Latviya, Litva, Mo‘g‘uliston, Polsha, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Senegal, Serbiya, Slovakiya, Suriya, Turkiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, Yong‘in o‘chirish bo‘yicha jahon chempionati yurtimizda ilk bor o‘tkaziladi va bu musobaqalarga o‘zgacha tayyorgarliklar ko‘rilmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh