Shahardagi hovliqmalikdan charchaganingizda go‘zal tabiat qo‘ynida dam olib, uyg‘unlik va muvozanatni his qilmoqchimisiz? O‘zbek qishloqlariga tashrif buyuring.
O‘zbekistonning sayyohlik kompaniyalari rang-barang etnik turlarni taklif etadi. Bu yerda siz qishloq aholisining hayotida ishtirok etishingiz, olis qishloqda yoki o‘tovlarda yashashingiz, bola tug‘ilishi munosabati bilan mahalliy to‘yda yoki tantanada qatnashishingiz, otlar va tuyalarni minishingiz, chiroyli cho‘llar orqali Safariga borishingiz va ko‘p qirrali O‘zbekistonning noyob ekzotik nabotot olamidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Turistik qishloqda yashash qishloq hayotini ichidan ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir. Qushlarning sayrashi bilan uyg‘onish, eng tabiiy nonushta tatib ko‘rish, maysazorga yotish va moviy osmonga tikilish, palov qanday qilib o‘choqda pishirilishini, sigir qanday sog‘ilishini ko‘rish va hosil yig‘ishda ishtirok etish, kulolchilik mahsulotlari qo‘lda qanday yasalishini yoki eski texnologiyalar yordamida dunyodagi eng chiroyli ipak qanday tayyorlanishini ko‘rish – bularning barchasidan turistik qishloqda yashab bahramand bo‘lish mumkin.
O‘zbekistondagi shahar va qishloqlarning asosiy afzalligi shundaki, ular asliyligini va o‘ziga xosligini saqlab qolishgan. Shu bilan O‘zbekiston ko‘plab sayyohlar uchun jozibador.
Agar siz O‘zbekistonning shimolidagi xalqlarning hayoti va madaniyatida ishtirok etishni istasangiz, go‘zal tabiat fonida mahalliy aholining ko‘p asrlik urf-odatlari va turmush tarzini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, turar joyingiz uchun o‘tovlar manzilgohlarni tanlang.
Anʼanaviy o‘zbek o‘tov manzilgohlari ko‘chmanchi aholining anʼanaviy mahzilgohlari shaklida qurilgan.
Uylarda yashash mutlaqo ekologik jihatdan toza, ularni ishlab chiqarishda faqat tabiiy materiallar, jumladan, yog‘och va kigiz ishlatiladi. Har bir o‘tov taxminan 5 kishiga mo‘ljallangan.
O‘tov manzilgohda yashab o‘zingizni sivilizatsiya poyonida, zamonlar aro sayohat qilib, bir paytlar karvonlari shu erlardan o‘tgan ko‘chmanchi va savdogarlar orasida, Ipak yo‘li uforini his etasiz.
Odatda o‘tov manzilgohlarida qolish turli xil ekzotik xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi: tuya minish, kuniga uch mahal ovqatlanish, cheksiz yulduzli osmon ostida va milliy folklor namoyishlari bilan gulxan atrofida va tabiat qo‘ynidagi sayrlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, yaqin atrofdagi qishloqqa sayr qilishingiz va mahalliy aholining kundalik hayoti va madaniyatining xususiyatlari bilan tanishishingiz yoki masalan, qadimiy qalʼani ko‘rishingiz mumkin.
O‘zbekistondagi eng mashhur o‘tov mahzilgohlar qatoriga «Aydarkul» ko‘lidan 10 km uzoqlikda joylashgan «Aydar», Nurato shahri yaqinidagi “Safari”, Orol bo‘yidagi “Mo‘ynoq”, Ayoz qalʼa yaqinidagi “Ayoz qalʼa” va boshqalar kiradi.
Sarguzashtlar va tabiatni yaxshi ko‘rasizmi? O‘zbek qishloqlarida yashashga qanday qaraysiz? Buning iloji bor.
Siz maʼlum bir mintaqaga kelasiz, qishloqda yashaysiz va fermer xo‘jaliklari egalari bilan qanday dehqonchilik qilishni o‘rganasiz. Taklif qilinayotgan sayohatlarning ko‘plab variantlari mavjud – chorvachilikdan (otchilik, qoramolchilik, baliqchilik, parrandachilik) sabzavot va mevalarni yetishtirishgacha.
Toza tabiat qo‘ynida faol dam olish, ko‘plab qiziqarli taassurotlar va his-tuyg‘ularga berilishdan yaxshiroq narsa bor ekanmi sayohatchilar uchun.
Bir kosa sharob-la ko‘nglimni shod et,
Na o‘tmish, na kelmish kuningni yod et,
Zindoniy qilingan omonat jonni
Aqlning bandidan lahza ozod et.
Umar Xayyom
O‘zbekistonda vinochilik juda chuqur tarixga ega. Ilk bor tok novdasi bu yerga 6 ming yil oldin olib kelingan deb taxmin qilinadi. Oʻshanda ham Oʻrta Osiyoda vinochilik va uzum yetishtirishning yuqori texnologiyalari mavjud edi.
O‘rta asrlarning mashhur venetsiyalik sayohatchisi, O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan Marko Polo o‘z kundaligida shunday deb yozgan edi:
– Samarqand, Buxoro va boshqa muhtasham shaharlar ko‘rkam bog‘ va tokzorlar bilan bezatilgan maskanlardir. “Men mahalliy vinodan tatib ko‘rdim. Bu sharob kamida o‘n yillik edi va u o‘zining ajoyib sifati bilan hayratda qoldirdi ... ”
1927-yilda O‘zbekistonga mashhur vinochi, professor M.A. Xovrenko keldi.
U mamlakatimizda birinchi bo‘lib “Gulyakandoz”, “Shirin”, “Cabernet Liqueur”, “Aleatico”, “Uzbekistan” va “Farhod” kabi nozik vinolarni ishlab chiqarishning texnik usullarini ishlab chiqdi va bu vinolarni ishlab chiqarish uchun birinchi vino zavodi ochilishini tashkil qildi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun