Gastronomiya – bu O‘zbekistonni sevish uchun yana bir sabab. Mamlakatimizga kelganingizda siz har qanday ekskursiyani rad qilishingiz mumkin, lekin hech qachon ovqatni rad eta olmaysiz. Ayniqsa bu yerning havosi aeroportdan boshlab mazali taomlarning xushbo‘y hidi bilan to‘yingan.
O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohat sizga butun yil davomida unutilmaydigan taʼm taassurotlarini qoldiradi va siz buni hatto uyda ham takrorlashni xohlab qolasiz.
O‘zbekiston ta’mlarini tatib ko‘ring!
✔️ O‘zbekistonda eng mazali nonlar bor;
✔️ Ko‘plab o‘zbek taomlari ochiq olovda (o‘choqda) pishiriladi;
✔️ O‘zbekistonda yog‘li va yuqori kaloriyali taomlarni iste’mol qilish odatiy holdir;
✔️ Ovqatdan keyin o‘zbeklar issiq choy ichadilar;
✔️ O‘zbeklar qo‘y, mol va ot go‘shtini (qazi) iste’mol qiladilar;
✔️ O‘zbekistonda mehmonlarni xushbo‘y choy va non sindirib kutib oladilar, mazali palov bilan kuzatib qo‘yadilar;
✔️ Maxsus choy marosimi (oʻzbekona choy marosimi an’anasiga koʻra, mehmonga berishdan avval choy uch marta qaytariladi, toʻrtinchisida esa mehmonga uzatiladi.) Oʻzbekistonning turli hududlarida choy ichish anʼanalari bir-biridan farq qilishi mumkin.
O‘zbek oshxonasi ehtimol dunyodagi eng xilma-xil va rang-barang taomlardan biridir. Agar dunyodagi eng mazali palovdan, ko‘mir cho‘g‘ida pishirilgan qo‘y go‘shtidan va tandir-kabobdan, achchiq lag‘mondan yoki og‘izda eriydigan issiq somsadan zavq olishni istasangiz – O‘zbekistonga keling!
O‘zbek noni – non, patir, shirmoy non, qatlama.
Xamirli taomlar – somsa, manti, xonim, chuchvara, norin, qovurma lag‘mon.
Guruchli taomlar – palov, shovla, moshkichiri, moshxo‘rda, mastava, hasip.
Pishiriqlar va shirinliklar – yangi va quritilgan mevalar, sumalak, holva, halvoitar, nisholda, chak-chak, bog‘irsoq, qushtili, paxlava, pashmoq, behi-do‘lma.
Ichimliklar – choy, qimiz, sharbat, ayron, qatiq.
Bizdan o‘sha Mustafoga aytingda salom,
Ul dam so‘rang undan aylab eʼzozni tamom:
«Aylab shariatda achchiq ayronni halol,
Qilding nega bizga pokiza mayni harom?!»
Umar Xayom
O‘zbekistonda vinochilik juda chuqur tarixga ega. Birinchi uzum bu erga 6 ming yil oldin keltirilgan deb ishoniladi. O‘sha davrlarda Markaziy Osiyoda vinochilik va uzum yetishtirishning yuqori texnikasi mavjud edi.
O‘rta asrlarning taniqli venetsiyalik sayohatchisi Marko Polo Markaziy Osiyoni kezib o‘z kundaligida shunday yozgan:
“Samarqand, Buxoro va boshqa ulug‘vor shaharlar ajoyib bog‘lar va uzumzorlar bilan bezatilgan. Men mahalliy sharobni sinab ko‘rdim. Bu sharob kamida o‘n yoshda edi va u o‘zining ajoyib sifati bilan hayratlanarli edi ... “.
1927 yilda taniqli vino ishlab chiqaruvchi, professor M.A.Xovrenko O‘zbekistonga kelgan. U bizning mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib «Gulyakandoz», “Shirin”, “Likyor Kaberne”, «Aleatiko», “O‘zbekiston” va “Farhod” kabi markali uzum vinolarini ishlab chiqarishning texnik usullarini ixtiro qilib, ularni ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi vino zavodini tashkil etdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun