Poytaxtimizdagi ko‘plab maskanlarda bir-biridan ko‘rkam qilib bayram archalari bezatilmoqda.
Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinib, 25-dekabr — 10-yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.
Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
- Bektemir tumani: “Food city” majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Sergeli tumani: Tuman markaziy hiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Chilonzor tumani: “Magic city” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
- Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
- Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
- Yangihayot tumani: "Mehrigiyo" 24/7 savdo va xizmat ko'rsatish ko'chasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00.
Manba: Toshkent shahar hokimligi
Izoh