Foto va Video

“O‘zbek tez ovqati”ning 5 ta taomi

8344

Zamonaviy hayot sur’ati doimiy harakatda bo‘lishni anglatadi. Hamma joyda vaqtida bo‘lishimiz va barcha voqealardan xabardor bo‘lishimiz juda muhimdir. Albatta, uyda ovqat pishirish uchun vaqt juda kam, kechki ovqatni qimmat restoranlarda tanavvul qilishni hammaning ham cho‘ntagi ko‘taravermaydi. Shunday hollarda “ko‘cha ovqatlari” yoki tez ovqatlanish yordamga keladi.

Ko‘pchilik tez ovqatlanishni zararli va xavfli deb bilishadi. Shubhasiz, mumtoz ma‘noda tez ovqatlanish hech qanday foyda keltirmaydi, lekin ortiqcha vazn ko‘rinishida zarar ham keltirishi mumkin. O‘zbek tez ovqatlari esa bunaqa emas.

O‘zbek ko‘cha ovqatlari Andijon, Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi savdo shaharlari Buyuk Ipak yo‘li savdogarlari uchun eng katta to‘xtash joylari bo‘lgan davrlarga borib taqaladi. Sayyohlar va savdogarlar dam olish va mollarini sotish uchun to‘xtab o‘tishgan. Gullab-yashnayotgan katta bozorlarda tezda ovqatlanish mumkin bo‘lgan. Xuddi shunday, to‘laqonli va mazali ovqatlanish.

Bunday ovqatlanish an’analari haligacha saqlanib kelinmoqda. O‘zbek bozorlari juda rango-rang. Oziq-ovqat sotadigan peshtaxtalar va do‘konlar ajoyib taomlar bilan maftun va jalb etadi. Bu yerda siz har doim issiq palovni, tansiq norinni, xushbo‘y lag‘monni va haqiqiy lazzat bo‘lmish o‘zbek yopgan nonini tatib ko‘rishingiz mumkin.

O‘zingiz bilan birga olib, “yo‘lda" yeyishingiz mumkin bo'lgan taomlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Quyida keltirilgan ko’cha taomlari mazali va qoniqarli ovqatlanish uchun 100% tanlovdir.

1. Somsa

Somsa – O‘zbekiston an‘analarining ajralmas qismidir. Uni shunchaki go‘sht yoki sabzavot bilan to‘ldirilgan un mahsuloti deb aytish mumkin emas, bu avloddan-avlodga o‘tib kelgan an’anadir. Somsani hamma xush ko‘radi va hamma yerda tayyorlashadi. Bozorda turli xil somsalarning keng tanlovi mavjud: har xil shaklli, turli xil masalliqli va turlicha usullarda tayyorlangan.

2. Gumma

Gumma – kalla-pocha va ichak-chavoqdan tayyorlangan eng mazali bo‘g‘irsoq. Ko‘pincha qovurilganlari uchraydi, lekin uy sharoitida o‘rab ham pishiriladi. Odatda ularni ozgina qalampir qo‘shilgan pomidorli qayla bilan dasturxonga tortishadi.

3. Xonim

Xonim mantiga juda o‘xshash unli taomdir. Xonimning asosiy o‘ziga xos xususiyati-juda ham yupqa xamir va sershira masalliqdir. U odatda kartoshkali bo‘ladi, lekin go‘shtli bo‘lishi ham mumkin. Bozorda xonimning ustiga tomat pasta va moyli qayla quyiladi.

4. Non kabob

Non kabob – haqiqiy erkaklar taomi. Maxsus tandir nonga piyoz, qayla va ziravorlar bilan mazali dimlab pishirilgan go‘sht qoshiladi. O‘ta mazali taom kuch va quvvat baxsh etadi.

5. "O‘zbek burgeri"

“O‘zbek burgeri” bu siz o‘ylagan burgerning ayni o‘zi emas. Yo‘q, bu mumtoz burgerning bo‘g‘irsog‘i emas. Bu an’anaviy tandirda yopilgan non. U teng yarmidan kesiladi va ichiga qiyma kabob solinadi. Ustiga esa albatta piyoz va qizil qalampir sepiladi.

Bir kuni o‘zbek bozorining o‘rtasida bo‘lganingizda yonidan o‘tib ketmasdan, an’anaviy ko‘cha taomlarini tatib ko‘ring. Axir, u ham O‘zbekiston kabi issiq va jonli!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring