Foto va Video

64 katakli shashka sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

22.09.2021 894

2021-yilning 8-14-oktabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 64-katakli shashka sporti bo‘yicha bolalar va o‘smirlar ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

5-marotaba o‘tkazilayotgan musobaqa 100 dan ortiq sportchi yoshlarni qamrab olgan holda 64 katakli shashka sporti bo‘yicha jamoaviy o‘yinlarni rivojlantirish, ushbu sport bo‘yicha mahoratli yoshlarni tayyorlash va kelgusi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallash maqsad qilingan.

Musobaqa 3 yo‘nalishda: Blitz, Rapid, Klassik shashka bo‘yicha 7 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yosh sportchilarni o‘ziga jalb qilmoqda.

10 kishilik jamoa tarzida, har bir guruh tarkibida 5 nafardan yigit qizlar birinchilik uchun kurash olib borishadi.

Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport maktabi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan musobaqada munosib sovrinlar va diplomlar yosh sport ustalarini kutmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing