Foto va Video

Abu-Dabidan Samarqandga 40$ evaziga

14.10.2022 902

2022-yil 13-dekabrdan eng yirik Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi O‘zbekistonning asosiy sayyohlik durdonalaridan biri – Samarqand shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

“Bu kuzda madaniy sarguzashtga yo‘l olmoqchi boʻlgan BAA sayohatchilari 149 dirham evaziga aviachiptalarni bron qilishlari mumkin, chunki arzon aviatashuvchi Wizz Air Abu Dhabi Oʻzbekistonning qadimiy Samarqand shahriga reyslarni yoʻlga qoʻydi”, - deyiladi https://www.instagram.com/khaleejtimes/ Dubayning Khaleej Times axborot agentligi hisobotida.

Parvozlar seshanba va shanba kunlari, haftasiga 2 marta amalga oshiriladi.

Abu-Dabidan chiptalar narxi 149 dirham - 40 AQSH dollarini tashkil qiladi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi kursi bo‘yicha 443 ming so‘m atrofida.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing