Foto va Video

“Afsonalar vodiysi” bog‘i

25805

Namangan shahridagi, sobiq “Mashrab” bog‘ining o‘rnida “Afsonalar vodiysi” deb nomlangan nomi o‘ziga monand, go‘zal yirik tematik bog‘ barpo etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev,o‘zining 2018 – yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida, ushbu madaniyat va istirohat bog‘ining loyihasi bilan yaqindan tanishgan va uni “Afsonalar vodiysi” deb atashni taklif qilgan edi.

Tematik bog‘ hududida, 3 qavatlik eng yirik hunarmandlar markazi, 15000 kishi sig‘adigan masjid, savdo markazi, zamonaviy mehmonxona va villalar joylashgan. Shuningdek majmuani, zamonaviy sharsharalar, musiqali favvoralar, manzarali daraxtlar va skameykalar bilan o‘ralgan kanal va ko‘llar bezab turadi.

Bog‘ hududida, 10 ta xizmat ko‘rsatish va 5 ta texnik bino, 16 ta basseyn va 7 xil suv attraksioni mavjud bo‘lgan yopiq va ochiq akvapark dam oluvchilar uchun faoliyat ko‘rsatadi.


Bog‘ qurilishi, mahalliy tadbirkorlar va “DOME+Partners” turk loyihalash kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirildi.

“Afsonalar vodiysi” majmuasi hududida, tashrif biyuruvchilarga qulaylik yaratish uchun 1300 mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh, 112 ta do‘kondan iborat ikki qavatli savdo markazi, tematik bog‘ va 16 xil zamonaviy attraksionlari bo‘lgan attraksionlar majmuasi, virtual o‘yin xonalari, shuningdek 1000 tagacha mijozlarga xizmat ko‘rsata oladigan restoranlar faoliyat ko‘rsatadi.

2400 kishiga mo‘ljallangan shinam amfiteatr va yozgi amfiteatr, Namangan viloyatining turli xil ko‘ngilochar tadbirlarini o‘tkazish uchun asosiy maydonga aylanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring