Foto va Video

AITF-2023 Xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendi e’tirof etildi

428

4-6-aprel kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 7 ta sayyohlik kompaniyasi, “Ichan qal’a” majmuasi rahbariyati, madaniyat va san’at namoyandalari, musiqachilar hamda hunarmandlardan iborat delegatsiya ilk bor ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, ko‘rgazma davomida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan xorijlik hamkorlar bilan hozirgacha 200 dan ortiq kelishuvlarga erishildi. Belorussiya, Bolgariya, Sankt-Peterburg, Gruziya va albatta, Ozarbayjon turoperatorlik tashkilotlari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalari o‘rnatildi hamda milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan 300 dan ortiq bukletlar, flayerlar, smart kartalar va vizitkalar tarqatildi.

Mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, Xorazm milliy ansambli san’atkorlari chiqishlari bilan madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlar namoyishi xalqaro ko‘rgazma tashkilotchilari va ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shu sababdan O‘zbekiston stendi xalqaro ko‘rgazmadagi eng yaxshisi deya e’tirof etildi va O‘zbekiston delegatsiyasiga maxsus statuetka topshirildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida, “Uzbekistan Airways” AJ ko‘magida tashkil etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring