Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Amerikaning mashxur “CBS channel” telekanalining sayohat shousi mezboni Donna Dreyk O‘zbekistonda

02.10.2025 107

O‘zbekistonni targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik doirasida mamlakatimizga AQShning eng mashhur telekanallaridan biri – CBS da efirga uzatiladigan "The Donna Drake Show" ko‘rsatuvining ijodiy guruhi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida suratga olish ishlari olib borilmoqda.

Ijodiy safar natijasida “Drake Media Network” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus uch qismli hujjatli teledastur tayyorlanadi. Har bir epizod taxminan 20 daqiqa davom etib, unda o‘zbek milliy taomlari, boy madaniy merosi va betakror sayyohlik yo‘nalishlari yoritiladi. Mazkur ko‘rsatuv “CBS” telekanalining AQSHdagi yirik shaharlar — Nyu-York, Nyu-Jersi, Konnektikut, Boston, Pitsburg, Detroyt, Atlanta, Tampa, Dallas/Fort-Uert, Sietl va Sakramento kabi hududlarida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: “The Donna Drake Show” — har shanba kuni ertalab “CBS WLNY 10/55” telekanalida efirga uzatiladigan mashhur dastur bo‘lib, AQSH bo‘ylab 7,5 millionga yaqin tomoshabinni qamrab oladi. Dastur xalqaro sayohatlar, madaniy meros obyektlari, gastronomik kashfiyotlar va turli sarguzashtlarga oid lavhalarni yoritib boradi. 

Ko‘rsatuv “CBS WLNY 10/55” telekanali bilan birga, “FOOTPRINT Network” internet platformasi orqali ham efirga uzatiladi. Bu esa “Apple TV”, “Roku” va “Amazon Fire” kabi zamonaviy media qurilmalar orqali 24/7 rejimida tomosha qilish imkonini beradi.

Mazkur loyihalar orqali tayyorlanadigan videoroliklar O‘zbekistonning turizm salohiyatini AQSHda keng targ‘ib qilishga xizmat qilib, mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Shuningdek, oʻqing