Foto va Video

«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti

8260

O‘zbekistonda haqiqiy qishni ko‘rishni xohlaysizmi? Tog‘larga qarab uching! Ha, shahardagi ob-havo juda yaxshi narsani vaʼda qilsada biz o‘ylab, oilaviy tog‘larga, Amirsoy tog‘-chang‘i kurortiga borishga qaror qildik.


Toshkentdan yo‘l taxminan 2 soat davom etdi. Biz Toshkent - Chirchiq – Bo‘stonliq yo‘nalishida yo‘lga chiqdik. Dam olish maskani Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Toshkentdan 65 km masofada joylashgan.

 Amirsoy

Biz aynan Amirsoyga, u zamonaviy darajada qurilgan tog‘-chang‘i dam olish maskani bo‘lgani sababli, borishni istadik. Dam olish maskani ko‘p mehmonlarni-boshlanuvchilardan boshlab professional sportchilar va haqiqiy ekstremal sportni sevuvchilargacha qabul qilishga tayyor. Tozalangan va puxta qurilgan yo‘llardan dam olish maskaniga kirib bordik, avtomobilni avtoturargohga qo‘yib hududni o‘rganishga kirishdik.

Ski resort Amirsoy

Dam olish maskanida turizm politsiyasi va tez yordam xizmati butun mavsum davomida ishlaydi. Osib qo‘yilgan belgilar bizni kassaga yo‘naltirdi, unda haqiqiy olomon to‘plangan edi.

Bugungi kunda Amirsoyda qishki taʼtil uchun quyidagi variantlar mavjud:

chang‘i yo‘llariga chiqishga mo‘ljallangan 8 kishilik gondola;

4 kishilik o‘rindiqli ko‘targich;

turli uzunlikdagi va murakkablikka ega relef yo‘llari, eng balandi 120 metrgacha yetadi;

skipassda (tyubingda) uchish, chanada va qordayurarlarda uchish;

kvadratsikllarga minish;

chang‘i uskunalarini ijaraga olish.

Holidays at Amirsoy Resort

Dam olish maskanida narxlar o‘rtacha –hamyonbop. 5 kishiga (3 ta katta va 2 ta bola) skipass bilan uchish, kattalar va bolalar yo‘lida alohida-alohida (10 marotaba), gondolada 1 marta borish – taxminan 415 ming so‘mga tushdi.

Chang‘i yo‘laklarida bir nechta sayohat uchun bitta kartani sotib olishingiz mumkin va agar siz hali ham foydalanilmagan sayohatlaringiz qolsa, lekin yana uchishingiz kelmasa, ularni mavsum davomida boshqa payt ishlatishingiz mumkin.

Holidays at Amirsoy Resort

Chang‘i uskunalarini bir kunga ijaraga olish 100 ming so‘mni tashkil qiladi. U barcha jihozlarni o‘z ichiga oladi: boshga kiyiladigan shlem, ko‘zoynak, suv o‘tkazmaydigan kiyim va chang‘i.

Biz bolalar bilan chang‘ida uchib juda xursand bo‘ldik. Hatto qishda tog‘larga sayohat qilishdan va qor bilan qoplangan yo‘llardan yurishdan qo‘rqadigan buvimiz ham chang‘i yo‘laklarida 65 metrli yo‘ldan 2 marta uchishga muvaffaq bo‘ldi.

Dam olish maskanlari xodimlari chang‘i yo‘lagi o‘tish joylarida har bir tashrif buyuruvchining savollariga muloyimlik bilan javob berishadi. Ertalabdan to kechgacha ular chang‘i trassasida xavfsizlik va barqaror ishlashni taʼminlash maqsadida ishlashadi. Dam olish maskani xodimlari oxirgi mehmon ko‘tarilish joyiga etib borguncha yo‘lakni ochib va yopib turishadi, mehmonlarga chang‘i va snoubordda uchishni sabr-toqat bilan o‘rgatishadi.

Mavsum davomida dam olish maskanida zamonaviy va shinam restoranlar, shuningdek, shirm-barlari mavjud. Amirsoy restoranining menyulari Yevropa va milliy taomlarni taklif qiladi. Bu yerda siz mazali O‘rta yer dengiz taomlari, xushtaʼm qiyma shashlik taomlari va barbekyudan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Hammadan ko‘ra albatta bolalar quvonishdi. Ayniqsa, qishki taʼtil paytida, Amirsoyga sayohat oilaviy dam olish uchun juda yaxshi yechim bo‘ldi. Ammo biz yana u yerga albatta boramiz.

 family holidays in Amirsoy

Agar siz qorli tepaliklar bilan haqiqiy qishni ko‘rishni istasangiz, juda ko‘p ijobiy his-tuyg‘ular va adrenalinni his qilmoqchi bo‘lsangiz, yaqinlaringizni, oilangizni, tanishlaringizni va do‘stlaringizni yig‘ib – tog‘larga boring!

Nargiza Vaxobova, "Milliy PR Markazi" DUK bosh mutaxassisi.

Xarita

Izoh

1

Простите, а что значит " бабушка села на скипасс"?

Наталья Голубятникова | 31.10.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring