Andijon shahrida Futzal bo‘yicha jahon chempionati sovrinini tanishtirish – Trophy tour tadbiri start oldi

11.08.2024 200

10 avgust kuni Andijon shahrida Futzal bo‘yicha jahon chempionati sovrinini tanishtirish –  "Trophy tour" tadbiri start oldi.

Tadbir dastlab bolalar festivali va kubok ko‘rgazmasi bilan boshlandi.

Dastlabki tadbirga Andijon shahridagi sport maktablaridan hamda aholining ijimoiy himoyaga muhtoj qatlamidan 300 nafarga yaqin bolalar taklif etildi.

Sentyabr oyida boshlanadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati bahslarini qabul qiladigan “Universal” sport majmuasida esa tadbir davomida turli ko‘ngilochar dasturlar – sport musobaqalari, boshlovchi tomonidan tashkil etilgan viktorina va konkurslar hamda illyuzionist chiqishlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirni esa raqs bilan fleshmob qilib yakunlashdi. Shuningdek, yakunda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari tarqatildi.

Shuningdek, ommaga birinchi marotaba futzal bo‘yicha Jahon kubogi maskoti – Xon rasman tanishtirildi. Ushbu maskotni yaratilishida O‘rta Osiyo, Shimoliy Eron hamda Kavkazortida yashab o‘tgan Turon yo‘lbarsi asos qilib olindi.

"Trophy tour" tadbiri keyinroq Andijon shahridagi Eko bog‘ida davom ettirildi. U yerda ham kelgan muxlislar ushbu sovrin bilan suratga tushishga va konkurslarda ishtirok etib sovg‘alar yutib olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ta’kidlash lozim, tadbirning martabali mehmonlari orasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ham bor edi.

"Trophy tour" tadbirining navbatdagisi esa Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi. Butun tadbir esa, avvalroq xabar berilganidek 24 avgustgacha davom etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing