Foto va Video

Arabian Travel Market ATM-2023: O‘zbekiston Dubaydagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

01.05.2023 536

Joriy yilning 1-4-may kunlari Dubayda Arabian Travel Market ATM-2023 xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Eng yirik biznes markazi "World Trade Center Dubai"da Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda.2023-yilda Oʻzbekiston stendini Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, Oʻzbekiston Respublikasining BAAdagi elchixonasi bilan hamkorlikda namoyish etadi, shu bilan birga, koʻrgazmada Silk Road Samarkand turistik kompleksi, Asia Tour Elite, Rocket Uzbekistan, Sogda Tour turistik kompaniyalari, Xorazm viloyati sayyohlik kompaniyalari va Ichan qal’a muzeyi direksiyasi ishtirok etmoqda.

Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi sayyohlik mahsulotlarini namoyish etishadi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun davlatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etishadi.

Ma'lumot uchun:

Arabian Travel Market – Yaqin Sharqdagi yetakchi sayyohlik koʻrgazmalaridan biri boʻlib, koʻrgazmada har yili turizm bozorining 2800 dan ortiq mahsulotlari namoyish etilib, dunyoning turli burchaklaridan 39 mingga yaqin mehmonlar tashrifi buyuradilar. Bu yil ham koʻrgazmada Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika va Yaqin Sharqning koʻplab davlatlaridan turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. Oʻzbekiston ilk bor 2019-yilning aprel-may oylarida Arabian Travel Market xalqaro sayyohlik koʻrgazmasida ishtirok etgan edi. Koʻrgazmada Oʻzbekiston milliy stendi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (hozirgi Madaniyat va turizm vazirligi), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va mamlakat turistik kompaniyalari bilan birgalikda namoyish etilgan edi. 2020-yilda pandemiyadan keyin birinchi marta Arabian Travel Market koʻrgazmasi gibrid formatda boʻlib oʻtib, unda Oʻzbekiston koʻrgazmada alohida milliy stend bilan namoyish etilgan yagona Markaziy Osiyo davlati boʻlgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing