Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

BAAdan taniqli bloger Nasuer Yassin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

17.06.2021 504

Toshkentda Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK rahbariyati va “Nas Academy” media-kompaniyasining (BAA) bosh ijrochi direktori, sayyohlik blogeri Nasuer Yasin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining taniqli sayyohlik blogeri mamlakatimizga 2021-yil 20-30 iyun kunlari tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Birlashgan Arab Amirliklaridan ijodiy guruhning tashrifi BAA hukumatining media idorasi, O‘zbekistonning BAA elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda

Arab blogerining tashrifi, O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, mamlakatimizning zamonaviy rivojlanishi va sayyohlik imkoniyatlari to‘g‘risida qisqa metrajli filmlar tayyorlash bilan bog‘liq.

Videokonferentsiya davomida Nasuer Yasin O‘zbekistonga kelish rejalari bilan o‘rtoqlashdi va kelgusi tashrifidan juda xursand ekanligini va O‘zbekiston Markaziy Osiyoda u tashrif buyurmoqchi bo‘lgan birinchi mamlakat ekanligini ta’kidladi.

Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari haqida yozayotgan taniqli sayohhlik blogeri Nasuer Yasin, Isroil davlati hududida falastinlik muhojir oilasida tug‘ilgan va o‘zini Falastin-Isroil fuqarosi deb biladi. 2016- yilda u BAAda o‘zining “Facebook” sahifasida “Nas Daily” media kompaniyasiga asos soldi. Bugungi kunda kompaniyaning “Facebook”, “Instagram” va “Tik Tok” ijtimoiy tarmoqlarida 35 milliondan ortiq obunachilari bor. 2019-yilda Nasuer Yasinning “60 soniyada dunyo bo‘ylab:” “Nasning kunlik sayohati” nomli xotirasi nashr etildi. 2020-yilda Yasin “Nas Studios” videostudiyasini yaratdi.
Nasuer Yasin boshchiligidagi suratga olish guruhi Toshkent, Samarqand, Buxoro asosiy diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, Qoraqalpog'istonning noyob madaniyati bilan tanishadilar.

Shuningdek, suratga olish guruhi O‘zbekiston Respublikasining BAA bilan ikki tomonlama hamkorligi va BAA hukumati tomonidan Orol dengizi ekologik falokati oqibatlarini bartaraf etish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan yordamlar haqida videorolik tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Nasuer Yasinning ijodiy jamoasi allaqachon O‘zbekistonning yuqori turistik salohiyati haqida hikoya qiluvchi “Sharqning sirli mamlakati” loyihasi uchun rasmiy tizer tayyorlagan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing