Baday – To‘qay qo‘riqxonasi

18726

Mamlakatimizning janubi-sharqida, Amudaryo sohilida noyob to‘qay qo‘riqxonalari mavjud. Baday-To‘qay qo‘riqxonasi shular jumlasidandir. Ushbu hudud 70-yillarda Amudaryo sohilidagi to‘qay o‘rmonlarini muhofaza qilish va Buxoro bug‘ularining yashash joylarini tiklash uchun yaratilgan edi.

Baday-To‘qay qo‘riqxonasining maydoni 6462 gektarni tashkil etadi.

O‘simlik va hayvonot dunyosi

Qo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va dasht yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi.

Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi.

Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi.

Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.

Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay,  hakka, qora qarg‘a,  zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin.  Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring